Ismailov Jamshid Abduraimovichning tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarga statsionar va ambulator yordamni tashkil etishni takomillashtirish» mavzusida
Ismailov Jamshid Abduraimovichning 14.00.33- “Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment” va 14.00.05 – “Ichki kasalliklar” ixtisosligi bo‘yicha «Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarga statsionar va ambulator yordamni tashkil etishni takomillashtirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 26-may kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Tel/faks: (+998 66) 233-30-34
e-mail: ilmiyprorektori@sammi.uz