Islom – tinchlik va ezgulik dini (+video)
So‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolar diniy erkinligini ta’minlash, bag‘rikenglik, islom ma’rifiy g‘oyasini targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
E’tiborli jihati, yurtimizda yangi masjidlar, ulug‘ ajdodlarimiz nomi bilan atalayotgan majmualar barpo etilmoqda, diniy ta’lim muassasalari ochilyapti. Sohada xalqaro hamkorlik tobora rivojlanib, chet ellik taniqli ulamolar tez-tez diyorimizga tashrif buyurmoqda, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar mustahkamlanyapti. Bularning bari yurtdoshlarimizga cheksiz quvonch va o‘zgacha g‘urur bag‘ishlaydi.
Ma’lumki, Imom Al Buxoriy, Imom At-Termiziy, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kabi ulamolarimiz Islom rivojiga ulkan hissa qo‘shib, dinimiz ezgulik va bag‘rikenglik ramzi ekanini butun dunyoga targ‘ib qilishgan.
Tabiiyki, bugungi globallashuv zamonida ham ularning xizmati alohida e’tirof etiladi. Shu bois ko‘plab sayyohlar O‘zbekistonga oshiqadi.
Davlatimiz rahbari 2023 yil 19 sentyabr kuni BMT 72-sessiyasida “Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi”, deya ta’kidlab, o‘lkamizda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish taklifini ilgari surgan edi. Ushbu tashabbusga muvofiq, mazkur nufuzli tadbir joriy yil 15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida o‘tkaziladi.
Anjumanda BMT Inson huquqi bo‘yicha vakillari, ICESCO, IRCICA kabi xalqaro tuzilmalar rahbarlari, Saudiya Arabistoni, Misr, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari muftiylari, Pokiston, Hindiston, AQSH va Yevropa davlatlari taniqli ulamolari va tadqiqotchilari ishtirok etishi kutilyapti.
Konferensiyada bugungi tahlikali va murakkab davrda tinchlikparvar islom dinining bag‘rikenglikka yo‘g‘rilgan ta’limotini o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish, mavjud hamkorlikni mustahkamlash masalalari batafsil muhokama qilinadi.
Muhim forum oldidan fikr almashish maqsadida studiyamizga O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurovni taklif etganmiz.
Suhbatni O‘zA “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/UX6Jb4oSmP8?si=oZl36v-DlKK0xMMp" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘tkir Alimov,
Yoqub Meliboyev (video),
O‘zA