Islohotlar toğliklar turmuşini farovonlaştirişga xizmat qilmoqda
Toğli hududlarda yaşaşning öziga xos maşaqqatlari bor. Relefning murakkabligi, masofa va tabiiy şaroit aholi turmuş tarziga ham, infratuzilmani rivojlantirişga ham taʼsir körsatadi. Biroq bugun bunday hududlarda ham odamlarning yaşaş şaroitini yaxşilaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, yangi daromad manbalarini yaratişga qaratilgan saʼy-harakatlar öz samarasini bermoqda.
Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi “Köxsor” mahalla fuqarolar yiğiniga qaraşli Jouz, Denovbola, Matmon, Aspiduxtar va Şut qişloqlarida amalga oşirilayotgan işlar ham buning yaqqol misolidir.
Bugun mazkur mahallada 6 ming 744 nafar aholi istiqomat qiladi. 1 ming 248 ta xonadonni birlaştirgan hududda aholining asosiy maşğuloti dehqonçilik, boğdorçilik va çorvaçilikdan iborat. Keyingi yillarda esa anʼanaviy xöjalik yuritiş bilan birga, yangi daromad manbalarini özlaştirişga ham eʼtibor kuçaymoqda.
Qişloqdagi özgarişlar, avvalo, yöl, elektr energiyasi va içimlik suvi kabi kundalik hayot uçun zarur infratuzilma bilan çambarças boğliq. Şu bois joriy yilda Köxsor mahallasini obod qiliş maqsadida mahalliy byudjetdan 3 milliard söm mablağ yönaltirildi.
Uşbu mablağ hisobidan 3 kilometr 200 metr içki yöl asfaltlandi. Ikkita yangi transformator örnatilib, 2 kilometr elektr tarmoği tortildi, eskirgan ustunlar yangisiga almaştirildi. Şuningdek, bitta artezian quduği qazildi.
Bu işlar qişloq aholisi uçun şunçaki infratuzilma yangilanişi emas, balki kundalik turmuşdagi qator qulayliklar deganidir. Ayniqsa, toğli hududlarda yöllarning sozligi, elektr taʼminotining barqarorligi va suv masalasining hal etilişi odamlarning işi, daromadi va hayot sifatiga bevosita taʼsir körsatadi.
[gallery-32607]
Mahalla raisi Şoymardon Ostonovning taʼkidlaşiça, obodonlaştiriş işlari bilan bir qatorda aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş ham ustuvor vazifalardan biriga aylangan.
Çindan ham, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlarda ijobiy özgariş kuzatilmoqda. Yil boşida 6,7 foizni taşkil etgan kambağallik darajasi ayni paytda 2,6 foizga tuşgan. Işsizlar soni ham yil boşidagi 53 nafardan 28 nafarga kamaygan.
Ayniqsa, yoşlar bandligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda 20 nafar yoşga 50 sotixdan yer maydoni ajratilib, ularning mehnat qilişi va daromad topişi uçun imkoniyat yaratildi.
Mahalla yoşlar yetakçisi Muhiddin Jabborovning aytişiça, yoşlarni yerdan unumli foydalanişga yönaltiriş, ularni tadbirkorlikka jalb qiliş orqali nafaqat bandlikni taʼminlaş, balki qöşimça daromad manbalarini şakllantirişga ham erişilmoqda.
Denovbola qişloğiga borganimizda, avvalo, uzoq yillar davomida şu zaminda mehnat qilib kelayotgan nuroniylar bilan suhbatlaşdik. 76 yoşli Juma Panjiyev, 72 yoşli Xolmamat Bekmurodov va Yodgor Nuriddinov qişloq hayotidagi özgarişlarni mamnuniyat bilan tilga oladi.
Ularning fikriça, keyingi yillarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, aholi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar qişloq turmuşida sezilarli yangilanişlarga zamin yaratmoqda. Zero, bir umr şu qişloqda yaşab, uning har bir söqmoği, buloği va boğini yaxşi biladigan insonlar uçun bu özgarişlarning qadri baland.
Qişloqdagi yana bir xonadon egasi Yusuf Alimurodov esa mavjud imkoniyatlardan foydalanib, xöjaligida yangi yönalişni yölga qöygan. U dehqonçilik, boğdorçilik va çorvaçilik bilan bir qatorda baliqçilikni ham rivojlantirmoqda.
Buloq suvini maxsus polietilen quvurlar orqali hovuzlarga olib kelgan tadbirkor forel baliği yetiştirişga kirişgan. Ötgan yili hovuzlarga ming dona baliq çavoği taşlab, bir tonna mahsulot yetiştirdi. Bu esa unga 50 million söm daromad keltirdi.
Bu yil esa iş kölamini yanada kengaytirişni maqsad qilgan. Hozirda hovuzlarda 3 ming dona forel çavoği parvarişlanmoqda. Möljali – 10 tonna baliq göşti yetiştiriş.
Yusuf Alimurodovning xöjaligidagi işlar faqat baliqçilik bilan çeklanmaydi. U joriy mavsumda 5 tonna kartoşka va 3 tonna olma hosili ham olgan.
Aslida, bu kabi misollar toğli hududlarda ham tadbirkorlikning yangi yönalişlarini rivojlantiriş mumkinligini körsatadi. Buning uçun mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, taşabbusni qöllab-quvvatlaş va mehnatga munosib şaroit yaratiş muhim.
Matmon qişloğida esa boğdorçilikning öziga xos tajribasiga duç kelamiz. Bu yerda 70 yoşli Sirojiddin Salohov köp yillardan buyon boğ bilan şuğullanib keladi. Uning hovlisidagi mevali daraxtlar şunçaki hosil manbai emas, balki yillar davomida töplangan tajriba va mehnat samarasidir.
Boğbonning 200 tup olma va 100 tup nok daraxti bor. Ularda Kripson, Golden, Janatan kabi olma, Ğari va Limonçik kabi nok navlari parvarişlanadi. Mavsum davomida boğdan olinadigan hosil Sirojiddin ota xonadoniga yiliga 50–60 million söm daromad keltiradi.
Ota olti öğil va uç qizni voyaga yetkazgan. Kenja öğli Ofarin Salohov ham otasining mehnat faoliyati bilan yaqindan taniş. Bu esa boğdorçilik tajribasining keyingi avlodga ötişi, oilaviy mehnat anʼanalari davom etişi uçun ham muhim.
Toğli qişloqlarda boğdorçilikning örni alohida. Tabiiy şaroit, yer va suv imkoniyatlaridan töğri foydalangan holda parvarişlangan har bir köçat yillar davomida oila daromadiga xizmat qiladi. Buning uçun esa sabr, mehnat va tajriba zarur.
Köxsor mahallasidagi özgarişlarga nazar taşlar ekanmiz, bir haqiqat ayon böladi: hududni rivojlantiriş faqat yöl quriş yoki elektr tarmoqlarini yangilaş bilan çeklanmaydi. Bu, eng avvalo, odamlarning öz mehnati orqali farovon hayot barpo etişi uçun şaroit yaratişdir.
Bugun bir xonadonda boğdorçilikdan daromad olinayotgan bölsa, boşqa bir xonadonda baliqçilik kabi yangi yönaliş özlaştirilmoqda. Yoşlarga yer ajratilib, bandlik imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Kambağallik va işsizlik körsatkiçlari pasaymoqda.
Eng muhimi, toğ bağridagi bu qişloqlarda odamlarning ertangi kunga işonçi, öz imkoniyatlariga tayanib yaşaşga intilişi kuçaymoqda. Zero, islohotlarning asl samarasi ham odamlar hayotidagi ana şunday özgarişlarda namoyon böladi.
Ölmas Barotov, Jamşid Norqobilov (surat), ÖzA muxbirlari