Islohotlar toʻlqinini sezib...
Mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida roʻy berayotgan koʻplab muhim jarayonlarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziriligi faoliyatining ham oʻrni bor.

Ushbu vazirlik oʻz faoliyati, jarayonning mazmun-mohiyatiga koʻra, avvalo mamlakatimiz siyosatining bosh mezonlaridan biri sanalgan insonparvarlik gʻoyasiga asoslangan. Bunga misol tariqasida surxondaryolik bir muallimning, havaskor dehqon va chorvadorning turmushini koʻrimishmiz mumkin.
* * *
Abdushukur akaga otadan meros tomorqasi atigi 20 sotixdan koʻproq yer edi. Atigi deyotganimizning boisi vohada nisbatan yer maydoni keng boʻlgani holda, aholi siyrakligi uchun ham 20 sotixlik tomorqa aksariyat surxondaryoliklar uchun juda kam hisoblanadi. Maktabda geografiya oʻqituvchisi boʻlgan Abdushukur aka ana shu tomorqasida dastlab gʻalla, izidan makkajoʻxori ekar, uy oldida kovshanib turgan toʻrt-besh qoramolning tashvishi shu bilan bitardi.
Ayoli shu bir parcha yerdan ajratib olgan qismga esa tarvuz, pomidor-bodring ekardi. Harnechuk, ayol kishining boʻlgani shu-da: el tarvuz-qovun yeganda, muallimning bolalari ham birovlarga qarab oʻtirmas edi. Boz ustiga bu oila muallimning maktabdan tegadigan maoshiga ham koʻz tikkan ediki, shuni ham orqa qilishar edi. Shu zaylda kunlar oʻtaverdi. Muallimning uch nafar farzandi asta-sekin kamolga yetaverdi. Vaqt toʻxtab turmaydi.
Muallimning ikki oʻgʻli bor, shu bois u yana bitta tomorqa olish istagiga tushdi. Biroq zamon mutlaqo oʻzgacha: ilgari kolxoz zamonida raisga quyuqroq salom bersang, qartaning bir chetidan yer ajratib berar, va umrbod raisni duo qilib kuningni koʻrib ketaverarding. Ammo hozir boshqa davr. Yer degani asl bahosini ola boshladi. Qolaversa, davlatning yeri ham hisobli. Tomorqa ajratilganda ham 6 sotixdan ziyod yer yoʻq.
Xullas, katta oʻgʻli kollejni bitirar yili muallimning boshini qotirgan narsa shu boʻldi. U yerni qaysi pulga olish haqida oʻylay boshladi.
Hayotning qattiqqoʻl va adolatli qoʻli kishilarni shu tarzda koʻzini ochadi. Yashash sirlaridan voqif etadi. Muallim zamon bilan hamqadam boʻlish kerakligini, unga muvofiq yoʻl tortishi lozimligini tushundi. Va tuman markaziga yoʻl oldi. Muddaosi – kredit olish va unga issiqxona qurish. Bu rejani u xotiniga ham aytmay, oʻzicha pishitib soʻng yoʻlga tushdi.

Xotin kishiga pishmagan ishni aytib boʻladimi – nima boʻldi, bank pul berarmikan, deb soʻrab bezor qiladi. Hali bu unadigan pulmi, unmaydiganmi – Xudo biladi. Qolaversa, odamlarning aytishicha, bankdan kredit chiqarish har kimga ham emas, unga ham “tanka” kerak.
Ammo muallimning tavakkal qilib kirib kelgani tijorat bankida uni bankning ikki nafar masʼul xodimlari ochiq chehra bilan qarshiladi. Ularning xushmuomalasi Abdushukur akani allanechuk ilhomlantirib yubordi. Muallim qimtinibgina oʻz muddaosini aytdi: kredit olib issiqxona qurmoqchi edim.
– Marhamat, bizga ham sizday halol, mehnatdan qochmaydigan mijozlar kerak. Yer oʻz nomingizdami, domla.
– Albatta, oʻz nomimda.
Tavakkalchining oldi yoʻl, deganlaridek, muallimga uzogʻi besh ish kunida kredit ajratib beradigan boʻlishdi. Unga zarur hujjatlarni, jumladan, ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ham taqdim etish kerakligini uqtirishdi. Ishning bunday oʻngʻay bitganidan quvongan Abdushukur aka shu kunning oʻzidayoq hujjatlarni qariyb bitirdi. Va kun asrga qiyalab qolganida xuddi tillo topganday boʻlib ayolining qoshiga qaytdi.
Alqissa, Abdushkur muallim oradan ikki oy oʻtganida, fevralning oxirgi kunlarida tomorqasining 7 sotix joyida risoladagiday, xuddi televizorda koʻrsatadigan mirishkor dehqonlarnikidek issiqxonasiga limon koʻchatlarini qaday boshladi. Bank bergan kreditning bir qismiga qurilish doʻkonidan zarur mollarni olgan boʻlsa, qolganiga qoʻshni tumandagi Limonariya xoʻjaligidan sara nihollar keltirdi.
Shu voqeaga ham mana uch yildan oshdi. Bu orada limondan ikki bor hosil tergan boʻlsa, pomidor-bodring, bulgʻor kabi mahsulotlardan limondan ham koʻproq daromad oldi. Muallimning shogirdlari fan olimpiadalarida faxrli oʻrinlarni olib kelgan paytida – bunday quvonchli pallalar koʻp boʻlgan – muallim qanchalar xursand boʻlib, oʻzidan, kasbidan koʻngli toʻlgan, faxrlangan boʻlsa, issiqxonada hali togʻlardan qor ketmay roʻmol yoygandek qip-qizil boʻlib pishgan pomidorlarga ham shunday qonish bilan qaraydi. Ha, har bir ishni uquvli, quntli odam bajaradi.
Peshona teri bilan qoʻlga kiritilgan mablagʻ kishiga nafaqat ragʻbat beradi, balki aqlini peshlab qoʻyar ekan. Abdushukur aka dastlabki daromadiga togʻdan qoʻy otarlari qaytgan paytda beshta kichkina qoʻzichoq oldi. Va kichik qizchasi nomlagandek, ularni “limon qoʻzilar”, deb atay boshladi. Issiqxona va tomorqadan chiqqan oʻt-oʻlan bilan kundan kun oʻynoqlab katta boʻlayotgan qoʻzichoqlar uch-toʻrt oyda boʻladigan qoʻchqorchalarga aylandi...
Bitta oʻgʻliga tomorqani oʻylab, oʻychan yurgan muallim bugunga kelib kichik boʻlsa-da mulkdorga aylandi. Ikki oy burun hamqishlogʻi Soatmurodning minilgan, ammo hali ohorligina “Damas”ini sotib oldi. Bu kabi yutuqlar endilikda Termiz davlat universitetida talaba boʻlgan katta oʻgʻilga ham, maktabda oʻqiyotgan kichik farzandlarga ham oʻzgacha kayfiyat ulashadi. Albatta, bu natijalarga osongina erishilgani yoʻq.

Issiqxonani qurish, birovni aka, birovni uka deb, bilmaganini oʻzi oʻqitgan bolalardan soʻrab, havo sovib ketgan kezlarda loyga oralab issiqxonaga koʻmir tashib, 70 tup nihol asrab qolindi. Ularga zarur boʻlgan narsalarni pulga topish mumkindir, ammo bilim va koʻnikmani, sabr va umidni pulga topib boʻlmaydi-da. Muallim chidadi, sabr qilib niyatiga yeta boshladi.
– Ilgari 20 sotix yer koʻzimga bir parcha boʻlib tuyulardi. Tavba, odam ishlayman desa, yer ham, imkoniyat ham topsa boʻlarkan. – deydi muallim. – 7 sotix yerdan shunday daromad qilish mumkin, deb sira oʻylamasdim. Oʻylashga imkon ham yoʻq edi. Maktabdagi qogʻozbozlik, buyogʻi uch-toʻrt yil oldingacha oʻqituvchilarning gardaniga tushgan paxta yigʻim-terimi kabi tashvishlar odamni gangitib qoʻygan edi. Qolaversa, kredit degan narsani bizning mahallada nari borsa bir-ikki kishi olar edi. Bizday oddiy bir oʻqituvchiga yoʻl boʻlsin.
Muallimdan oʻsmoqchilab soʻraymiz:
– Domla, dehqonchilik, chorvachilikka berilib, asl kasbingizni unutib qoʻymadingizmi?
– E, uka, bilsangiz bu yutuqlarimning hammasining ortida muallimlikdan keladigan halol mablagʻim turibdi. Mashoyixlar aytgan ekan: halol odam oʻstirmoqchi boʻlsang, halol non yedir deb. Shunday boʻlgach, oʻqituvchilikka ishtiyoqimiz yana-da ortdi. Shu maosh bilan issiqxonaning kreditiniyam toʻladik.

Chorvaga ham zarur yem-xashak ham shu pulga kelgan. Xudoning qarashganini qarangki, oʻtgan ikki yilda ikki oʻquvchim viloyat olimpiadasiga chiqdi. Bittasi hozir talaba. Xullas dars koʻngildagiday. Sababi, dars paytidayam uydagi muammolarni oʻylab oʻtirmaysan, odam. Koʻngil toʻq-da...
Bu bizga tanish bir ziyolining, bir fuqaroning, oʻrta hol bir tadbirli kishining kundalik hayoti manzaralari. Qoʻrasida oʻn besh-yigirma qoʻy-qoʻzi, toʻrt bosh qora mol, uy oldida mashinasi bor, tomorqasi yashnab turibdi.
Adolat hokim boʻlsa, odamlar oʻz turmushlarini shu tarzda tiklab ketaveradi. Bitta oilaning farovonligi, degani butun jamiyatga kichik bir ulushdir, ammo bugun mamlakatimizda minglab bu kabi oilalar bor. Ular oʻz obodligini shu zaylda amalga oshirmoqda. Va ular bu katta-kichik yutuqlar zamirida hukumatimizning oqilona islohotlari toʻlqinini sezib, his etib yashamoqda.