Ishsiz ayollarga hunar oʻrgatiladi
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda ishsiz ayollar jalb etildi.
Yangiyer shahrida Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yana-da rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonining ijrosi doirasida seminar boʻlib oʻtdi.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda ishsiz ayollar jalb etildi.
Seminarda hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, “Salomatlik maktabi” faoliyati doirasida shaharda olib borilayotgan ishlar, “Uz hunarmand-taʼlim” loyihasini keng joriy qilish bilan bogʻliq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan koʻtarilgan masalalar yuzasidan masʼullarga aniq topshiriq va vazifalar berildi.
Shuningdek, Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi ishsiz ayollar roʻyxatini shakllantirish va ularni koʻp yillardan buyon hunarmandchilik bilan shugʻullanib kelgan malakali mutaxassislarga “Ustoz-shogird” yoʻnalishida biriktirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.