Ishonchli vakil saylovchilar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan navbatdagi saylovoldi targ‘ibot tadbiri Chilonzor tumanidagi Toshkent avtomobil- yo‘llar kasb-hunar texnikumida o‘tkazildi.
Unda partiya tumanlar kengashlari mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, volontyorlar guruhi ishtirok etdi. Saylovchilar bilan uchrashuv oldidan nomzod haqidagi materiallar ishtirokchilarga tarqatildi.

Tadbirni O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi Nigora Eshmetova olib bordi. U yig‘ilganlarni Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi, faoliyati hamda uning Saylovoldi dasturidan joy olgan asosiy vazifalar bilan tanishtirdi.
Tadbirda so‘z olganlar nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdilar.
N.Nasriyev,O‘zA