Ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi
Fuqaro O‘.Karimov Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani adliya bo‘limiga ish beruvchi korxona ya’ni tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini noqonuniy ravishda bekor qilganligini bildirib, ishga qayta tiklanishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan fuqaro O‘.Karimovning 2022 yil 5 yanvardagi mehnat huquqlari buzilganligi yuzasidan murojaati o‘rganildi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish haqida tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma natijasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi joriy yil 5 yanvardagi xodimlar mehnatini tashkil etish to‘g‘risidagi 1/3-sonli buyrug‘i ijrosi qoldirildi.
Xodimni ishga tiklanishi ta’minlanib, noqonuniy buyruq chiqargan mas’ul xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari ko‘rildi.
Zarif Komilov, O‘zA