Ishchi guruh a’zolari Farg‘onada bo‘ldilar
FOTOREPORTAJ
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ishchi guruhi xodimlari Farg‘ona hududiy filialida bo‘ldilar.
- Maqsad quyi bo‘g‘in xodimlariga uslubiy yordam ko‘rsatishga qaratildi, - deydi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori o‘rinbosari Sayid Indiaminov. - Tasdiqlangan rejamizga muvofiq manzilda bir qator tajriba mashg‘ulotlari, amaliy seminarlar o‘tkazildi, yangi texnologik metodlarni joriy etish va mavjud uslublarni yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv jarayonlari tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan aholiga sud-tibbiy ekspertizasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari tushuntirildi. Uning kelgusidagi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.
[gallery-10586]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA