ISESSO Bosh direktori bilan muzokaralar toʻgʻrisida
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va ISESKO oʻrtasidagi hamkorlikning joriy holati va aloqalarni rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Islom olami fan, taʼlim va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (ISESSO) Bosh direktori Salim al-Malik bilan videokonferensiya shaklida muzokara oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va ISESKO oʻrtasidagi hamkorlikning joriy holati va aloqalarni rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi.
Islom olami fan, taʼlim va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti yetakchi mutaxassislarini Oʻzbekistonning ilmiy-tadqiqot markazlariga jalb qilish, qoʻshma xalqaro konferensiyalar tashkil etish, jahon tamadduni rivojiga hissa qoʻshgan oʻzbek olimlari haqida kitob nashr etish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Ilgʻor tajriba almashish va innovatsion taʼlim usullarini joriy etish uchun xorij mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, ISESSO tomonidan oʻtkaziladigan forum va anjumanlarda oʻzbekistonlik arab tili oʻqituvchilarining ishtirok etishiga qiziqish bildirildi.
Salim al-Malik Oʻzbekistonning tarixiy islomiy obidalari va meʼmoriy yodgorliklarini Tashkilotning Islom merosi roʻyxatiga kiritishga ISESSO tayyorligini maʼlum qildi.
Muzokaralar davomida maxsus onlayn video-tele dasturlar va seminarlardan foydalangan holda, pandemiya sharoitida oʻquv jarayonini davom ettirish yuzasidan ham fikr almashildi.