Irmuxamedov Temur Baxodirovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Serebral-gemodinamik buzilishlari bilan kechadigan paranoid shizofreniyaning klinik-psixopatologik aspektlari» mavzusida
Irmuxamedov Temur Baxodirovichning 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya, 14.00.13 – Nevrologiya ixtisosliklari bo‘yicha «Serebral-gemodinamik buzilishlari bilan kechadigan paranoid shizofreniyaning klinik-psixopatologik aspektlari» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 29-avgust kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100007, Toshkent shaxar, Mirzo-Ulugbek tumani, Parkent kuchasi, 51 uy.
Tel.: 71 268-17-44, 71 268-27-52; Faks: 71 268-17-44
e-mail: info@tipme.uz