Iordaniya naşri Şavkat Mirziyoyevning nevarasiga yozgan maktubini eʼlon qildi
Iordaniyaning “Madar as-Saa” naşri Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning mamlakatga davlat taşrifi çoğida samolyot bortida nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubini arab tilida eʼlon qildi.
Naşrda “Özbekiston Prezidentining Iordaniyaga ketayotib samolyotda yozgan şaxsiy maktubi: u kimga atalgan?” sarlavhasi ostida çop etilgan materialda maktubning töliq matni keltirilgan.
Prezident maktubni nabirasiga murojaat bilan boşlar ekan, öz hayotiy tajribasi, bolalik xotiralari va kelajak avlod oldidagi masʼuliyati haqida fikr yuritgan. Şuningdek, ilm oliş, mehnatsevarlik, vaqtni qadrlaş, qiyinçiliklar oldida taslim bölmaslik va Vatanga sadoqat kabi qadriyatlarning ahamiyatiga töxtalgan.
Maktubda davlat rahbari xorijiy mamlakatlarga taşriflari sabablarini ham izohlagan. Uning taʼkidlaşiça, bunday safarlar Özbekistonning xalqaro hamkorligini kengaytiriş, işonçli şeriklar orttiriş va mamlakat kelajagi bölgan yoşlar uçun tinç hamda farovon hayot şaroitlarini yaratişga qaratilgan.
Şavkat Mirziyoyev bolalik yillarini eslar ekan, paxta dalalarida mehnat qilgani va öşa davrdagi qiyinçiliklar haqida yozgan. Prezident sifatida bolalarni paxta yiğim-terimidan ozod etiş va ularni taʼlimga qaytarişni dastlabki vazifalardan biri sifatida belgilaganini qayd etgan. Bugungi kunda esa mamlakatda zamonaviy maktablar va maktabgaça taʼlim muassasalarini barpo etiş, darsliklarni yangilaş hamda öqituvçilar salohiyatini oşiriş böyiça tizimli işlar davom etayotganini taʼkidlagan.
Maktubning alohida qismida buyuk ajdodlar merosi va yoşlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari haqida söz boradi. Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy va Mahmudxöja Behbudiy kabi allomalar misol qilib keltirilar ekan, ularning ilmiy va maʼnaviy merosi yoş avlod uçun ibrat ekani urğulangan.
Şuningdek, Prezident zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellektdan oqilona foydalaniş, xorijiy tillarni örganiş, har kuni yangi bilim va könikmalarni egallaş zarurligiga eʼtibor qaratgan. U vaqtni insonning eng qimmatli boyliklaridan biri sifatida taʼriflab, uni behuda sarflamaslikka çaqirgan.
Maktub yakunida Vatanga muhabbat, milliy ramzlarga hurmat, halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik va insonparvarlik kabi fazilatlar haqida fikr bildirilgan. Prezident kelajakda Özbekistonning taraqqiy etgan davlatlar qatorida munosib örin egallaşi yoş avlodning bilimi, salohiyati va fidoyiligiga boğliq ekanini qayd etgan.
Iordaniya naşrida maktubning arab tilida töliq eʼlon qilinişi nafaqat Özbekiston Prezidentining şaxsiy murojaatini, balki mamlakatning boy tarixi, maʼnaviy merosi, taʼlim sohasidagi islohotlari va yoş avlodga qaratilayotgan eʼtiborni ham arabzabon auditoriyaga keng yetkaziş imkonini yaratdi.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA