Iordaniya naşri Prezident Şavkat Mirziyoyev faoliyatiga bağişlangan kitobni eʼtirof etdi
Iordaniyaning “Akhbar Huna Al Alam” naşri Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning davlat boşqaruvi va xalqaro siyosatdagi faoliyatiga bağişlangan kitob haqida maqola eʼlon qildi.
“Şavkat Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi” nomli kitob 2024-yilda Toşkentdagi “Özbekiston” naşriyotida çop etilgan. 428 sahifadan iborat asar Abduraşid Jöraboyev va Maʼrufjon Usmonov tomonidan tayyorlangan.
Maqola muallifi, Özbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti direktori, professor Komiljon Rahimov kitob mazmuni va unda keltirilgan xalqaro eʼtiroflarga alohida töxtalgan.
Naşrda qayd etilişiça, asarda 2017-yildan boşlab yurtimizda amalga oşirilgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, inson huquqlarini himoya qiliş, taʼlim, ilm-fan va raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş borasidagi ijobiy özgarişlar yoritilgan.
Yetti bobdan iborat kitobda xorijiy davlatlar rahbarlari, xalqaro taşkilotlar va yirik kompaniyalar vakillarining ölkamizdagi islohotlarga oid fikrlari jamlangan. Jumladan, birinçi bobda 30 mamlakatning 36 nafar amaldagi va sobiq rahbari hamda törtta xalqaro taşkilotning olti nafar vakili bildirgan munosabatlar örin olgan.
Maqolada mamlakatning iqtisodiy oçiqligi, Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik munosabatlarining mustahkamlanişi, sport, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi natijalarga berilgan xalqaro baholar ham kitobda aks etgani taʼkidlangan.
Xususan, Orol dengizining qurigan tubida örmonzorlar barpo etiş, “yaşil” iqtisodiyotga ötiş va iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş böyiça Özbekiston taşabbuslari xalqaro taşkilotlar vakillari fikrlari orqali yoritilgan.
Muallif yozişiça, mazkur kitob öquvçilarga Yangi Özbekistondagi özgarişlar, mamlakat taşqi siyosatining ustuvor yönalişlari va ularga xalqaro hamjamiyat tomonidan berilgan baholar bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi.
D.HAKIMOV, ÖzA