Interaktiv xizmatlar rivojlanish omili
Toshkent moliya institutida «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda «Interaktiv bank xizmatlari va ularni kengaytirish istiqbollari» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Toshkent moliya institutida «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda «Interaktiv bank xizmatlari va ularni kengaytirish istiqbollari» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bank sohasi mutaxassislari, mobil aloqa kompaniyalari xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda barcha sohalarda interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Xususan, tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga internet-banking, mobil-banking va SMS-banking kabi masofadan xizmat ko‘rsatishning innovatsion tizimlari taqdim etilmoqda. Bu vaqtni tejash, ish unumini oshirish, tezkor ma’lumot qabul qilish va mijozni yangiliklardan xabardor etishda muhim omil bo‘lmoqda.
Tadbirda yangi interaktiv davlat xizmatlarini ishlab chiqish hamda joriy etish, elektron to‘lovlar tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Sohani yanada takomillashtirishda bo‘lajak kadrlarning bilim salohiyati, kasb mahoratining ahamiyati katta. Institutni tamomlab, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritadigan yoshlar soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi, yangiliklarni bilishi, ish jarayoniga oldindan moslashishi muhimdir. Davra suhbatida talabalarning interaktiv xizmatlar ko‘rsatish, innovatsion loyihalarning hayotga tatbiq etilishiga oid bilimlari yanada mustahkamlandi.