Intensiv bog‘lar: zamonaviy usullar va amaliy yechimlar
Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan “Intensiv texnologiyalar asosida mevali bog‘lar yaratish” mavzusida uch kunlik o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston agrosanoatini rivojlantirish agentligi tuman bo‘linmalarining 20 nafar ofis-menejeri ishtirok etdi. Ular kelgusida zamonaviy bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladi.
O‘quv dasturi amaliyotga yo‘naltirilgan tarzda tuzilgan bo‘lib, intensiv bog‘larni yaratish va ulardan foydalanishning barcha asosiy bosqichlarini qamrab olgan. Ishtirokchilar yer tanlash va tayyorlash, intensiv bog‘larni rejalashtirish, sug‘orish uskunalarini o‘rnatish, mevali ekinlarni ekish texnologiyalari, shuningdek, o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilishning agrotexnikasi, parvarishlash tizimi va zamonaviy usullarini o‘rganishdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri