Integratsiyalashgan ofislar ish boshlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan aholini ish bilan ta’minlash hamda ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi integratsiyalashgan ofislar loyihasini amalga oshirishga kirishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan aholini ish bilan ta’minlash hamda ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi integratsiyalashgan ofislar loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Loyiha Jahon banki bilan hamkorlik doirasida bajarilmoqda.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy muhofazasi yuzasidan bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Loyihaning 2015-2016-yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichida Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi integratsiyalashgan ofislar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Zamonaviy talablar asosida bunyod etiladigan ofislar eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanadi.
“Yagona oyna” tamoyili bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan ushbu ofislarda turli ijtimoiy xizmatlar va bandlikka ko‘maklashish masalalarida aholiga malakali mutaxassislar xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Kelgusida ushbu sinov loyihalari asosida mamlakatimizning barcha tumanlarida shu turdagi ofislarni barpo etish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi loyihani amalga oshirish doirasida aholi o‘rtasida bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni ham o‘rganib boradi.