Institutda "Maʼrifat darsi"
Mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi yoşlarda şunçaki çaqiriqlar bilan emas, siyosiy bilim, tahliliy fikr va faol fuqarolik pozitsiyasi orqali şakllanadi. Jizzax politexnika institutidagi navbatdagi "Maʼrifat darsi" şu jihatdan eʼtiborli böldi.
“Kelajak soati” doirasida taşkil etilgan maşğulotda talabalar mamlakatimiz hayotidagi dolzarb jarayonlar bilan tanişdi. Muhimi, muhokamalar kundalik yangiliklar doirasidan çiqib, milliy taraqqiyot, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlik masalalarini qamrab oldi.

Milliy kinematografiyadagi yangiliklar, “Kinoşaharça” loyihasi, tibbiyot tizimida yangi standartlarning joriy etilişi va sunʼiy intellekt imkoniyatlari mavzusi ham muhokama qilindi. Şuningdek, 2026-yilgi Prezident Olimpiadasi hamda Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida ilgari surilgan taşabbuslarga alohida eʼtibor qaratildi. Prezidentning joriy yil 31-oktabr kuni sanʼat namoyandalari bilan uçraşuvida belgilangan vazifalar ham eʼtibordan çetda qolmadi.

Bu mavzular bir qaraşda turli sohalarga tegişli. Biroq ularni birlaştirib turgan muhim jihat bor: mamlakatning bugungi taraqqiyoti va ertangi salohiyati. Kino sanoatidan tortib tibbiyotgaça, sportdan xalqaro munosabatlargaça bölgan jarayonlarda yoşlarning bilimi, taşabbusi va dunyoqaraşi muhim örin tutadi.

Maşğulotda interfaol materiallar, videoroliklar va taqdimotlardan foydalanildi. Talabalar öz savollarini berib, muhokamalarda iştirok etdi. “Bu kabi maşğulotlar bizga nafaqat nazariy bilim, balki mamlakatdagi strategik özgarişlarni anglaş imkonini beradi”, deydi tadbir iştirokçilaridan biri. Bu esa darsning oddiy axborot beriş bilan çeklanmay, fikr almaşiş maydoniga aylanganini körsatdi.

Siyosiy maʼrifatning asosiy vazifasi ham şu: yoşlar mamlakatdagi voqealarni şunçaki kuzatmasligi, ularning sabablari va oqibatlarini anglaşi kerak. Zero, ertangi taraqqiyot haqida fikr yuritiş uçun bugungi voqelikni töğri baholay oliş zarur.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri