Insoniyat global epidemiyalardan ogohlantirilmoqda
Xalqaro hamjamiyat kelgusida insoniyat duchor bo‘luvchi global epidemiyalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim.
“TASS” Xalqaro iqtisodiy taraqqiyot va xavfsizlik forumi raisi Szen Veysyunning shunday nuqtai nazarini bayon qildi.
“Albatta, biz yangi koronavirus paydo bo‘lishi sababiga aniqlik kiritamiz. Lekin gap unga qarshi qanday chora qo‘llay olishimizda. Yangi pandemiyalarning kelishi muqarrar”, deydi u Chansha shahrida bo‘lgan birinchi xalqaro forumda.
Forum rahbari insoniyat to‘rtinchi sanoat inqilobi bo‘sag‘asida turgani va bu esa, avvalgilaridan tubdan farqlanishini aytdi.