Inson qachondan boshlab tez qariy boshlaydi?
Biz qarishni asta-sekin, vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘ladigan tabiiy jarayon deb bilamiz. Ammo zamonaviy ilm-fan bu qarashni o‘zgartirmoqda.
Yaqinda olimlar o‘tkazgan katta tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki — inson tanasining qarish jarayoni ma’lum bir yoshlarda keskin tezlashadi.
🔸 Birinchi muhim bosqich — 44 yosh.
Bu yoshga yetganda tanamizdagi ko‘plab tizimlarda — xususan yurak, qon aylanish, metabolizm va teri tuzilishida jiddiy o‘zgarishlar boshlanadi. Ko‘pchilik bu davrda o‘zini charchoq, energiyaning kamayishi, terining bo‘shashishi yoki muskullarning kuchsizlanishi bilan sezadi.
🔸 Keyingi bosqich — 50 yosh atrofida.
Aynan shu davrda yurak va qon tomir tizimi tezroq qarishni boshlaydi. Olimlar bu yoshda organizmdagi 40 dan ortiq oqsillar o‘z tuzilishini o‘zgartirib, kasalliklarga zamin yaratishini aniqlashgan.
🔸 Va nihoyat — 60 yoshdan keyingi davr.
Bu yoshda immunitet susayadi, buyrak faoliyati pasayadi, teri yanada quruqlashadi va mushaklar kuchsizlanadi.
Ammo eng muhimi — bu bosqichlar o‘z vaqtida aniqlansa va sog‘lom turmush tarziga o‘tilsa, qarish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtirish mumkin.
Qarish — bu to‘xtatib bo‘lmaydigan jarayon. Lekin uni nazorat qilish, uni sekinlashtirish — bu bizning qo‘limizda. Ayniqsa 44, 50 va 60 yoshdan boshlab sog‘lig‘imizga e’tiborni kuchaytirish — uzoq va faol umr kalitidir.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2A0YlsQ6vrw" title="Inson qachondan boshlab tez qariy boshlaydi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Fardona Yaxshiboyeva, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA