Inflyuenserlar nimani o‘rgatishi mumkin?
Olga Buzova TikTok xizmati paydo bo‘lgunga qadar MDH ijtimoiy tarmoqlaridagi eng mashhur bloger edi. U Instagram da joylashtiradigan postlaridagi reklamadan har oyda yuz minglab dollar ishlab topardi. U inflyuenser bo‘lishni orzu qilgan minglab yoshlar uchun muvaffaqiyat sinonimiga aylangan edi.
Olga Buzovani turli o‘qitish tadbirlariga taklif eta boshlashdi. U yerda u shaxsiy brendni shakllantirish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning Instagram sahifasiga kirmaganlar, Olga Buzova noyob va foydali ma’lumotlari tufayli mashhur bo‘lgan, deb o‘ylashlari mumkin. Albatta, bunday emas. U e’lon qiladigan postlarning aksariyati uning hashamdor hayoti va qimmatbaho qiziqishlariga bag‘ishlanadi. Hatto fotosuratlar va videoroliklarni ham o‘zi suratga olmaydi. Bu bilan mahoratli fotograflar va operatorlar shug‘ullanishadi. Malakali stilistlar va vizajistlar Buzovaning obrazi ustida ishlashadi. Uning mashhurligining avj pallasida bo‘lajak influyenslar uning kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya etishadi. Aytilishicha, u yerda Instagram bo‘yicha tajriba o‘rganish mumkin bo‘lgan.
Bloging- hayot tarzi sifatida
Ilk blogerlar 90-yillarda paydo bo‘lishgan. Ular o‘z veb-sahifalaridan daromad olishmagan. Ular o‘z fikr va g‘oyalarini katta tomoshabinlarga yetkazish imkoniyati bilan kifoyalanganlar xolos. Masalan, birinchi mashhur bloglardan birida Silikon vodiysidagi ziyofatlar haqida ma’lumot beriladi. Uning muallifi axborot tezxnologiyalari kompaniyalari tomonidan uyushtiriladigan dabdabali kechalarga tashrif buyurgan va ziyofat paytida ular haqida yozgan. Ikki mingginchi yillarga kelib hamma narsa o‘zgardi. Internet ko‘p mamlakatlarga yoyildi. Mashhur bloglar millionlab auditoriyalarni yig‘ib, yanada mashhurlashdi. Taniqli brendlar endi ularga e’tibor ko‘rsatadi va sohaga milliardlab dollarlar oqib kela boshlaydi. Ilgari faqat yirik kompaniyalarginabuncha daromad ishlab topardi. Blogerlar konservativ OAV dan farqli o‘laroq, o‘z nuqtai nazarlarini taqdim etar va ularning o‘z qarashlari, shaxsiy yondoshuvlari bor edi. Pul ko‘p jihatdan, blog yuritishni buzdi. Sohaga hayotida pul birinchi o‘rinda bo‘lgan kishilar kirib keldi. Hozirgi kunda YouTube da ma’rifiy kanallarni topish juda qiyin. Foydali ma’lumotlar, millionlab auditoriyalarga ega mashhur kanallarda emas, oddiy kanallarda ko‘proq uchraydi. Taniqli blogerlar o‘z fikrlarini ochiq sotishlari yoki qimor o‘yinlari, elektron qimorlarga auditoriya yig‘ib berishlari ham mumkin. Har bir mashhur bloger imkon qadar ko‘proq tomoshabin yig‘ishga, so‘ngra esa, nufuzli kiyim-kechak brendi bilan reklama shartnomasini tuzishga intiladi. Albatta, blogerlar bu haqda o‘z obunachilariga aytishmaydi, chunki ular allaqachon nufuzli kompaniya reklama bo‘limining bir qismiga aylanib ulgurgan bo‘lishadi.
Vaqt o‘tishi bilan odamlar bu o‘zgarishlarni payqaydilar. Bu hatto tor yo‘nalishlarga ham tegishli. Masalan, organik kosmetikani targ‘ib qiluvchi barcha blogerlar vaqt o‘tishi bilan organik kosmetikaning bitta yoki bir nechta brendlarini reklama qilishni boshlaydilar. Odamlar buni sezibqolgach, ortiq ularni kuzatmay qo‘yadilar. Bu tendensiya ishonchning yo‘qolishiga olib keldi. Endi hech kim mashhur influenserlarga ishonmay qo‘ydi va bu so‘zning o‘zi salbiy ma’noga ega bo‘lib qoldi. Kompaniyalar ham o‘z yondashuvlarini o‘zgartirishdi. Endi ular unchalik ko‘p bo‘lmagan, biroq faol va sodiq auditoriyaga ega blogerlar bilan hamkorlik qilishga o‘tdilar.
Senga inflyuenser bo‘lishni o‘rgataymi?
Blogerlarning boyligi va dabdabali hayoti haqidagi bloglar blog qilishning shov-shuvlashib ketishiga sabab bo‘ldi. MDH davlatlarida muntazam o‘tkaziladigan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, bu mamlakatlarda istiqomat qiladigan yoshlarning aksariyati mashhur bloger bo‘lishni orzu qilishadi. Bu shov-shuv O‘zbekistonga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinlar kabi barcha MDH davlatlarida inflyuenserlar uchun kurslar, blogerlar uchun uylar va prodyuserlar paydo bo‘la boshladi. Xo‘sh, inflyuenser bo‘lishni o‘rgatish mumkinmi? Keling, avval bu so‘zning ta’rifini ko‘rib chiqsak.
Inflyuenser (inglizcha influence – ta’sir etish) ijtimoiy tarmoqlarda – keng va sodiq auditoriyaga ega foydalanuvchi degan ma’nolarni anglatadi. Bunda har ikki xususiyat ham muhim sanaladi: nashrlari obunachilarga katta ta’sir ko‘rsatgan blogernigina inflyuenser deb atashadi. Bu tushuncha Elix Kats va Pol Lazarsfeld tomonidan «Shaxsiy ta’sir ko‘rsatish» nomli kitobda taklif etilgan “fikrlar yetakchisi” terminiga mos keladi (1957 god). Hech qanday, hatto eng qimmat kurslar ham insonni boshqalar uchun qiziqarli bo‘lishga yoki qiziqarli kontent yaratishga o‘rgata olmaydi. Hattoeng qiziqarli va foydali kontent ham blogerga katta tomoshabin yig‘ish imkonini beradi, deb hech kim kafolat bermaydi.YouTube, turli videoxosting saytlari, jadal rivojlanayotgan platformalar va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p yillardan buyon yuqori sifatli va eng muhimi foydali ma’lumotlarni nashr etib kelayotgan sifatli kanallar, sahifalar va akkanuntlar bor. Ayni damda ular be’mani chelendjlar, yaramas hazillar va o‘yinlarni joylashtirayotgan yuzaki influenserlar erishgan mashhurlikka yetolmaydilar ham.
Biroq hamma prodyuserlar ham bekorchi emas. MDH da savdogar-Elf blogerlar uchun mashhur prodyuserga aylandi. Bu rossiyalik prodyuser va tadbirkor Yaroslav Andreyevning taxallusi bo‘lib, ko‘pchiliko‘zbekistonliklar uni mashhur horij seriallariga ovoz berish bilan shug‘ullanadigan “Kuraj-Bambey” studiyasiga homiyligi tufayli tanishadi.
U 2016 yilda WildJam agentligini ochgan. Dima Maslennikov va Nikolay Sobolev uning birinchi mijozlari bo‘lishgan, Danone va Coca-Cola brendlari esa, birinchi reklama beruvchilardan bo‘lishgan.Birozdan so‘ng blogerlar Guseyn Gasanov va Karina Kross ham uning mijozlari safiga qo‘shiladi.
2020 yilda Yaroslav AndreyevTikTok-blogerlariDanya Miloxin va Nikita Levinskiybilanhamkorlikqilaboshlaydi. Mish-mishlarga qaraganda, Danya Miloxinaynan Yaroslav Andreyev tufayli mashhur bo‘lib ketgan.
TikTok-jazavasi O‘zbekistonni ham qamrab oldi
2021 yilning 16 noyabridaodamlar e’tiborini jalb qilish maqsadida endi faoliyatini boshlayotgan tiktoker “Sayohat” mehmonxonasining yonidagi yo‘lning o‘rtasida chelak va shampun yordamida “dush” qabul qila boshlagan. Yigitning maqsadi mashhur bo‘lish edi. Natijada, u o‘z maqsadiga erishadi. Yetakchi OAV va ijtimoiy tarmoqlaridagi mashhurguruhlar bu haqda yozishadi. Qisqasi, aksariyat poytaxtliklar uning bu hatti-harakatini qoralashdi.
Alohida bilimga ega bo‘lmagan holda,bloging sohasida katta muvaffaqiyatga erishgan yoshlarni misol qilib keltirishni yoqtiradigan OAV ham bu jazavalarni kuchaytirib yubordi. Bundayyutuqqa har kim erisha olishi mumkinligi, faqat hayotda taslim bo‘lmasdan, o‘z taqdiriga ishonishi kerakligi ta’kidlandi. Lekin hayotda bunday emas. Bu kabi voqealar haqiqiy TikTok-jazavasini keltirib chiqardi. Minglab o‘zbekistonliklar mashhur bo‘lish umidida o‘z kontentlarini joylashtira boshladilar. Qayd etish joizki, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan materiallar orasida sifatli suratga olingan va tahrir qilingan videolar ham bor, biroq insonni hijolatga soladigan kontentlar ham uchraydi. Sohaga endi qadam qo‘yayotgan yosh tiktokerlar o‘zlarini tanitish va yangi obunachilarni topish maqsadida har qanday jinnilikka tayyorlar.
14 sentyabr kuni O‘zbekiston«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi mamlakatimiz hududida TikTok ijtimoiy tarmog‘ini taqiqlash taklifi bilan chiqdi. Bunga sabab – Navoiy shahridagi ikki nafar o‘quvchi qiz dars vaqtida TikTok ni yoqib, o‘qituvchi va sinfdoshlari orasida janjallashgani namoyish etilgan shov-shuvli rolik bo‘ldi.
Yaqin paytgacha Toshkent metropoliteni mahalliy tiktokerlar orasida ayniqsa mashhur edi. Ularning eng vazminlari metro bekatlarida o‘z sketchlarini suratga olishar, ekstremallari esa, poyezd relslariga sakrab tushar yoki marmar ustunlar bo‘ylab yugurardilar.
2021 yilda O‘zbekistonda Rossiya va yurtimizdagi mashhur tiktokerlar ishtirokida ko‘plab tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Ular yoshlarimiz bilan uchrashib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng ushbu tadbirlar bekor qilindi, yurtimizda TikTok ning tezligi sezilarli darajada kamaydi, bu esa, ushbu ilovadan to‘liq foydalanishni deyarli imkonsiz qildi.
Roman BONDARCHUK, O‘zA