Infantino Argentinani tabrikladi: «Siz mundialni unutilmas turnirga aylantirdingiz»
Infantino maktubida Argentina futbolining mundialdagi ishtirokini yuqori baholab, terma jamoa turnirning unutilmas o‘tishiga katta hissa qo‘shganini ta’kidladi.
FIFA prezidenti Janni Infantino JCH–2026 yakunlanganidan so‘ng Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiyaga maktub yo‘lladi. Mundial finalida Argentina terma jamoasi Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Infantino maktubida Argentina futbolining mundialdagi ishtirokini yuqori baholab, terma jamoa turnirning unutilmas o‘tishiga katta hissa qo‘shganini ta’kidladi.
"Argentina futboli erishgan ushbu muhim natija munosabati bilan yana bir bor samimiy tabrigimni qabul qiling.
2026-yilgi jahon chempionati tomoshabop o‘yinlar, yangi yulduzlarning porlashi, futbol afsonalarining ishtiroki va stadionlardagi betakror muhit bilan yodda qoladigan futbol bayramiga aylandi.
«Albiseleste»ning ajoyib o‘yini ham ushbu mundialni millionlab muxlislar uchun unutilmas voqeaga aylantirishda muhim rol o‘ynadi.
Iltimos, mening samimiy tabrigimni futbolchilarga, bosh murabbiy Lionel Skaloniga, murabbiylar va tibbiy shtab a’zolariga hamda butun turnir davomida jamoani qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga yetkazing.
Bunday yutuqlar doimiy mehnat, professionallik, har bir tafsilotga e’tibor, shuningdek, futbolga bo‘lgan mehr va fidoyilik mahsulidir. Bularning barchasi Argentina futbolining yorqin kelajagidan darak beradi.
Sizga va Argentina futboliga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilayman. Yaqin orada yana uchrashishga umid qilaman", — deyiladi Infantinoning maktubida.
Maktub matnini Daily Mail nashri e’lon qilgan.