Indoneziyada qidiruv ishlari davom etmoqda
Yava dengizida halokatga uchragan Lion Air aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan “Boing-737” Indoneziya yoʻlovchi tashuvchi samolyoti bilan bogʻliq qidiruv ishlari yangidan boshlab yuborildi.
Yava dengizida halokatga uchragan Lion Air aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan “Boing-737” Indoneziya yoʻlovchi tashuvchi samolyoti bilan bogʻliq qidiruv ishlari yangidan boshlab yuborildi.
Qidiruv ishlari 30-35 metr dengiz qaʼrida olib borilmoqda, deyiladi Detik maʼlumotida. Qidiruv joyi dengiz osti oqimlari taʼsirida oʻzgarishi mumkin. Maʼlumot uchun, kecha halokatga uchragan Lion Air samolyotida jami 189 kishi boʻlgani va ular halok boʻlgani aytilgandi.
Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo uzluksiz qidiruvni tashkil qilishga buyruq bergan. Hozircha samolyotning bir parchasi va bir necha yoʻlovchining jasadi topilgan.