Imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
Sharqiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyoz asosida o‘qishga kirish imkoniyatini beradigan maxsus tavsiyanomalar tantanali topshirildi.
Bu haqda Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmat xabar berdi.
Marosimda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona, Andijon va Namangandagi harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun umumiy hisobda 69 ta tavsiyanoma tayinlangan bo‘lib, shulardan 53 tasi o‘z egalariga topshirildi.
Mazkur tadbir Namangan va Andijon garnizonlarida ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
