Imkonsizlikdan imkon topganlar (+video)
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, har bir insonga o‘z iqtidorini namoyish etish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilayotganligini, bugungi kunda Jismoniy tarbiya va sport universitetida Paraosiyo va Paralimpiya o‘yinlari chempionlari tahsil olayotganligi, o‘nlab para sport mutaxassislari yoshlarga saboq berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Bayram tadbirida qatnashganlar davlatimiz tomonidan imkoniyati cheklangan insonlar, ayniqsa, yoshlarga qulay shart-sharoitlar, bepul va sifatli ta’lim olish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligi, ular imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, turli sohalarda ulkan cho‘qqilarni zabt etib kelayotgani, buning yorqin misoli sifatida Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida o‘z tarixida eng yaxshi natijalarni qayd etgan sportchilarimiz yutuqlari alohida e’tirof etildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kVm9apgZX_w" title="Imkonsizlikdan imkon topganlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>To‘lqin Ro‘ziyev, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA