Imamaliyev Aybek Turapbayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Foydalanuvchilarni bir martalik parollarga asoslangan autentifikatsiyalash usullari va algoritmlari” mavzusida
Imamaliyev Aybek Turapbayevichning 05.01.05 - “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha “Foydalanuvchilarni bir martalik parollarga asoslangan autentifikatsiyalash usullari va algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.13/30.12.2019.T.07.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 16 noyabr kuni soat 11:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temurko‘chasi, 108-uy. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, E-bino, 1-qavat, 101-xona.
Tel.: (99871) 238-64-70; faks: (99871) 238-64-4 3
e-mail: tuit@tuit.uz