Ilon Mask “Tesla” haqidagi gap-so‘zlarga raddiya berdi
“Tesla” yaqin orada xaridorbop arzon elektromobillar ishlab chiqarmoqchi emas.
“CNet” nashri yozishicha, kompaniya rahbari Ilon Mask ayni mavzuga oid gap-so‘zlarga rad javob berdi.
“Hozir biz 25 ming dollarlik avtomobil ustida ishlayapmiz”, degan milliarder kompaniyaning kamxarj mashina ishlab chiqarmasligini boshqa rusumdagi ishlanmalarga qiziqish ortgani bilan izohladi.
“Tesla”ning arzon elektromobillari bilan bog‘liq fikrlar o‘tgan yil kuzidan boshlab aytib kelinadi.