Ilon Mask rasman uysiz boyvachchaga aylandi
Space X kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Ilon Mask kuni kecha Kaliforniya shtatida Xillsboro shahridagi villasini sotgandan keyin rasman uyi yo‘q boyvachchaga aylandi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.
Milliarder uyini nomi oshkor qilinmagan xaridorga 32 million dollarga sotgan. Maydoni 19 gektardan iborat bo‘lgan ushbu villa Maskning eng oxirgi uyi edi, chunki shtatdagi boshqa mulklarini u avvalroq sotib yuborgandi. Shu paytgacha Ilon Mask barcha ko‘chmas mulklaridan xalos bo‘lishini ta’kidlab kelardi.
Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, yuz yillik yorqin tarixga ega Guignécourt, deb nom berilgan yer mulki Ilon Mask sotib olgunga qadar ham mashhur sanalgan. U 1912 yilda fransiyalik graf Kristian de Gine tomonidan bunyod etilgan. O‘z navbatida, graf Kristian de Gine oltin vasvasasi davrida katta mablag‘ to‘plagan kishining merosxo‘r qiziga uylangan edi.