Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay!
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar uchun “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi asosida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida ma’rifiy tadbir hamda yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.
Unda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda ma’naviyat, ma’rifat masalalariga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotgani, bundan maqsad esa bugungi murakkab va tahlikali zamonda yurtimizda tinchlikni, xalqimiz farovonligini ta’minlash, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik, yaratuvchanlik ruhida tarbiyalashdan iborat ekanini ta’kidladi.

Markaz ilmiy xodimlari mamlakatimizda yangi jamiyat qurish yo‘lida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi haqida ma’lumotlar berib, erishilgan natijalarga to‘xtaldi.
Tadbir nihoyasida universitet kutubxonasiga markaz nashrlari tortiq qilindi.
N.Rahmonova, O‘zA