Ilm – yuksalish va taraqqiyot qanoti
Prezidentimizning joriy yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni aynan ta’lim-tarbiya tizimida tub burilish yasashi kutilayotgan qo‘llanma va yo‘llanma bo‘ldi.
M u n o s a b a t
Prezidentimizning joriy yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni aynan ta’lim-tarbiya tizimida tub burilish yasashi kutilayotgan qo‘llanma va yo‘llanma bo‘ldi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”, deya alohida ta’kidlab o‘tgani bejiz emas. Sababi, har qanday sohaning rivoji, inson aql-zakovatining boyishi tag-zamirida albatta ilm bo‘ladi.
Bugun yurtimizda yangi tarixiy davr boshlandi. Bu esa jamiyatimizning barcha jabhasida, jumladan, siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlari va albatta, ilm-fanda jadal rivojlanishni talab etayapti.
Chunki ilm-fan hamda hayot o‘rtasida shunday uzviy bog‘liqlik mavjudki, agar u turmushimizga qancha ko‘p xizmat qilsa, hayotimiz ham ilm-fanni bundan-da ko‘proq boyitadi. Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ustuvor vazifalardan shuni chuqur his etish, anglash mumkinki, ilm-fan va u bilan muntazam shug‘ullanayotganlar davlatimizning doimo e’tiboridadir.
bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilayotgani, binobarin, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyinligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ta’limni yuksaltirishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Konsepsiyada ta’lim sifatini o‘qitish mezonini adolati rag‘batlantirish g‘oyasi ilgari surilar ekan, bu hech shubhasiz, avvalo, Prezidentimiz nazarda tutgan, qolaversa, xalqimiz xohish-irodasiga mos tarzda ta’limga o‘z ta’sirini ko‘rsatishiga shak-shubha yo‘q.
Yana bir e’tiborli jihati, farmonda sohada yillar davomida to‘planib qolgan, konservativ muammolarga barham berish alohida ta’kidlangan. Masalan, jamiyatda o‘qituvchi mavqei va maqomini oshirish, ularni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim tizimi sifati va samaradorligini ko‘tarish chora-tadbirlari belgilangan.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur farmon ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, aqlli modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Farmon biz, deputatlarning ish rejamizdan alohida ustuvor masala sifatida o‘rin oldi desam, mubolg‘a bo‘lmaydi. Vaholanki, ta’lim bizning elektoratimiz maqsad-muddaolariga to‘la mos tushadi.
Umid SHOUMAROV,
O‘zbekiston “Adolat” SDP
Toshkent viloyati kengashi raisi.