Ilg‘or ishbilarmonlarga “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni topshirildi
Toshkent shahar hokimligida davlatimiz rahbari farmoyishiga binoan Toshkent shahridan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan ishbilarmonlarga mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umurzoqov mukofotlangan tadbirkorlarni samimiy tabrikladi.


Milliy iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirish, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi katta xizmatlari, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, biznesda erishayotgan amaliy natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun tadbirkorlarimizga mukofot topshirilganini qayd etdi.
Jumladan, Sergeli tumanidagi «Aysel Inshaat» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Dilshod Mamatjonov, Olmazor tumanidagi «Visage Electric» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Anvar Abduqayumov, Olmazor tumanidagi «Fendo Ideal» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Abdurashid Abdullayev, Shayxontohur tumanidagi «Green White Solutions» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Abduqahhor Tashmuhammedov, Chilonzor tumanidagi «Radiks» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Abdunabi Qosimov, Chilonzor tumanidagi «Atlas Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Saydolim Nabixo‘jayev, Chilonzor tumanidagi «Nurafshon-nur» xususiy korxonasi rahbari Muhabbat Toshmuhamedova, Chilonzor tumanidagi «Magnum Medikal Servis» tibbiy jihozlar ishlab chiqarish korxonasi bosh direktori Otabek Jiyanbayev, Toshkent shahar Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari Vazira Yo‘ldosheva, Yashnobod tumanidagi «Career» nodavlat ta’lim muassasasi bosh direktori Nargis Mirzaahmedova «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani e’tirof etildi.


Mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA