Ikki kunlik Media-forum yakunlandi
Bo‘stonliq tumanida 26-27 iyul kunlari IV Milliy konferensiya, uning doirasida Media-forum tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Milliy konferensiya ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar sabab matbuot kotiblarining faoliyati takomillashtirilgani, ularga keng imkoniyatlar ochib berilganini ta’kidladi.
Media-forum doirasida tashkil etilgan panel sessiyalarda "Axborot xizmatlarining kampaniyalashgan holda ishlash mexanizmlari", "Sifatli media kontent yaratishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalari", "Axborot xizmatlari - 2030. Sun’iy intellekt imkoniyatlari va zamonaviy tendensiyalar" kabi mavzular keng muhokama qilindi.
Media-forumning birinchi kunida matbuot kotiblari “Media Quiz” intellektual bellashuvida sohaga oid turli mavzularda bilimlarini sinashdi.
Media-forumning ikkinchi kuni Spartakiada musobaqalari bilan davom etdi.
Bilimlar jangi va sport musobaqalari g‘oliblari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ikki kun davom etgan tadbirlarda matbuot kotiblari kerakli malaka va tajribalarga ega bo‘ldi.
N.Usmonova, O‘zA