Ikki karra Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi Madina Muxtorova G‘allaorolda tantanali kutib olindi
Yaponiyadagi V Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi Madina Muxtorova G‘allaorolda 2026-yilning 28-oktabr kuni tantanali kutib olindi.
Madina Muxtorovaning xalqaro maydondagi muvaffaqiyati yurtimizda parasportni rivojlantirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

Sportchi Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida parayengil atletika bo‘yicha ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi. U yadro uloqtirish bahsida 9,1 metr natija qayd etib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Osiyo rekordini ham yangilgan.
G‘allaoroldagi marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chempionga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Madinaning ota-onasiga farzand tarbiyasi va uning sportdagi yutuqlariga qo‘shgan hissasi uchun tashakkur bildirildi.

Sportchining onasi Hulkar O‘sarova yurtimizda sportchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun davlat rahbariga minnatdorlik izhor etdi.
Prezidentning 2025-yil 11-dekabrdagi qarori bilan paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va infratuzilmani mustahkamlash vazifalari belgilangan.

Bu yo‘nalishdagi ishlar yosh sportchilarning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun muhim zamin yaratmoqda.
Abdujalol Qayumov,
O‘zA muxbiri