Ijtimoiy tarmoqlardagi maşhurlik vasvasasining maʼnaviy inqirozga yetaklovçi xavfi
Jamiyat va media
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda millionlab körişlar töplagan video ertagayoq unutilişi mumkin. Maşhurlikka erişgan blogerning nomi ham vaqt ötişi bilan esdan çiqar. Ammo yoş avlod ongida qoldirilgan salbiy taʼsir oqibatlarini bartaraf etiş ança qiyin keçadi.
Sir emaski, ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ular orqali dunyo yangiliklaridan xabardor bölamiz, bilim olib, fikr almaşamiz. Biroq imkoniyatlar kengaygani sari ulardan foydalaniş madaniyati, maʼnaviy masʼuliyat va axloqiy mezonlar masalasi tobora dolzarblaşmoqda. Ayniqsa, “Instagram”da köproq köriniş va obunaçi töplaşni yagona maqsad qilgan ayrim kontent yaratuvçilarning faoliyati jiddiy mulohazaga çorlaydi.
Tarmoqlarni kuzatar ekanmiz, bir-biriga zid manzaralarga duç kelamiz. Bir sahifada ilm-maʼrifat, milliy hunarmandçilik, oilaviy qadriyatlar tarğib etilsa, boşqasida mazmunsiz janjallar, şaxsiy hayotni köz-köz qiliş va jamoatçilik eʼtiborini har qanday yöl bilan jalb qilişga qaratilgan behayo çiqişlar közga taşlanadi.
Açinarlisi şundaki, ayrim blogerlar uçun kontent mazmuni emas, faqat şov-şuv muhim. Insonning bilimi yoki jamiyatga qöşayotgan hissasi emas, balki qanday ğalati harakat qilişi, qanday janjal kötarişi uning maşhurligini belgilayotgandek. Xöş, maşhurlikning qiymati nega maʼnaviyat va masʼuliyat bilan emas, balki faqat körişlar soni va layklar bilan ölçanişi kerak?
Masala kölamini anglaş uçun DataReportal tahliliy platformasining “Digital-2026: Uzbekistan” hisobotiga murojaat qilsak. 2025-yil oktabr holatiga köra, Özbekistonda Instagram reklamaviy auditoriyasi 14,1 million nafarga yetgan — bu mamlakat aholisining qariyb 38 foizi degani. Bu raqamlar ijtimoiy tarmoqlarning jamiyat hayotidagi ulkan taʼsir kuçini körsatadi. Demak, raqamli makonda tarqalayotgan har bir ğoya va video juda keng auditoriyaga, xususan, yoşlarga yetib boradi. Afsuski, ayrimlar bu ulkan masʼuliyatni his qiliş örniga, tarmoqni şaxsiy manfaat va oson daromad orttiriş vositasi sifatidagina körmoqda.
Körişlar soni uçun qurbon qilinayotgan qadriyatlar
Bugun ayrim blogerlar faoliyatida behayolik va hurmatsizlikni oddiy holat sifatida körsatişga uriniş avj olmoqda. Kuzatuvçi yiğiş maqsadida oilaviy kelişmovçiliklarni ommaga olib çiqiş, er-xotin örtasidagi hurmatsizlikni kulgiga aylantiriş va özaro haqoratlarni köngiloçar mahsulot sifatida taqdim etiş şular jumlasidandir.
Bunday videolarda kiyiniş madaniyati, muomala odobi va jamoatçilik oldidagi masʼuliyat unutiladi. Töğri, har bir inson öz fikri va uslubiga ega böliş huquqiga ega. Ammo şaxsiy erkinlik boşqalarning qadr-qimmatini va qonun-qoidalarni inkor etiş degani emas. Mojarolarni kontentga aylantirib körişlar sonini oşirayotganlar ertaga jamiyatda bepisandlik va masʼuliyatsizlikning kuçayişiga zamin yaratayotganini anglaşi şart.
“Men zamonaviyman, sizlar eskiça fikrlaysizlar!”
Tanqidga uçragan ayrim blogerlar darhol “zamonaviylik” yoki “şaxsiy hayotim” degan qalqon ortiga yaşirinadi. Eʼtirozlarga “Menga aql örgatmang, yoqmasa kuzatmang!” qabilida javob qaytariladi. Naqadar “qulay” mantiq! Omma eʼtiborini jalb qiliş uçun oçiq kontent yaratadi, lekin omma fikr bildirsa, rad etadi. Demak, obunaçi kerak, ammo masʼuliyat kerak emas. Maşhurlik kerak, ammo jamoatçilik oldidagi burç kerak emas.
Holbuki, erkinlik masʼuliyatdan xoli böliş emas. Zamonaviy inson hamma narsani oşkor qilişi va şov-şuv kötarişi bilan emas, balki özini tuta bilişi, sözining oqibatini anglaşi va çegarani tuşunişi bilan qadrlidir.
Yoşlar ongiga taʼsir qilayotgan körinmas xavf
Muammoning eng xavfli tomoni bunday kontentlarning yoş avlod dunyoqaraşiga taʼsiridir. Bugungi yoşlar uçun ijtimoiy tarmoqlar muayyan hayot tarzini örganiş maydoniga aylangan. Har kuni saviyasiz va janjalli videolarni köravergan ösmir şunday xatti-harakatlarni odatiy holatdek qabul qila boşlaydi. Moddiy boylikni inson qadrining asosiy ölçovi sifatida köriş, maşhurlik uçun har qanday işni maqbul deb hisoblaş kabi qaraşlar aynan şu yerda şakllanadi.
Maʼnaviy özgarişlar bir kunda sodir bölmaydi, ular takroriy taʼsirlar orqali inson xulq-atvoriga singadi. Ota-ona farzandiga kitob öqiş va odobni örgatayotgan bir paytda, uning telefonida mutlaqo teskari qadriyatlar tarğib etilsa, tarbiyadagi tanazzul boşlanadi.
Qonun bor, masʼuliyat ham bölişi şart
«Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunga muvofiq, blogerlar tarqatayotgan maʼlumotlarining haqqoniyligini tekşirişi va qonunga zid materiallarga yöl qöymasligi lozim. Internetda faol böliş javobgarlikdan ozod qilmaydi. Xususan, hayosizlik yoki zöravonlikni tarğib qilişga yöl qöyilmaydi.
Şu bilan birga, har qanday yoqimsiz materialni avtomatik ravişda qonunbuzarlik deb baholaş ham noörin. Biroq huquqiy javobgarlikdan taşqari, kontent yaratuvçining maʼnaviy masʼuliyati borligini unutmaslik kerak. "Qonun taqiqlamagan har qanday işni qiliş mumkin", degan qaraş notöğri. Maʼnaviyat faqat taqiqlar bilan emas, vijdon va içki masʼuliyat bilan ham ölçanadi.
Maʼnaviyatni asraş — taqiqlaş emas, muqobil yaratiş
Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim çiqişlarga nisbatan jamoatçilikning keskin eʼtirozlari aslida muhim ijtimoiy signaldir. Bu xalqimizning milliy qadriyatlar va yoşlar tarbiyasiga befarq emasligini körsatadi.
Muammoning yeçimi faqat tanqid qiliş yoki sahifalarni yopiş bilan çeklanmaydi. Eng avvalo, jamiyatda sifatli kontentga bölgan talabni kuçaytiriş, taʼlimda mediasavodxonlikni oşiriş zarur. Blogerlar millionlab kuzatuvçilarni daromad manbai emas, işonç bildirgan masʼuliyat yuki sifatida qabul qilişi lozim.
Özbek xalqining hayo, ibo, mehr-oqibat va halollik kabi qadriyatlari heç qaçon eskirmaydi. Zamon özgarib, texnologiyalar rivojlansa-da, taraqqiyot özligimizdan voz keçiş hisobiga bölmasligi şart.
Bugun bizga faqat şov-şuv kötaradigan emas, fikr uyğotadigan, jamiyatni parokanda qiladigan emas, ezgulik atrofida birlaştiradigan kontent yaratuvçilar suv bilan havodek zarur. Maşhurlik insonni uluğ qilmaydi, balki jamiyatga keltirgan nafi uning asl qadrini belgilaydi.
Nurillo NASRIYEV,
ÖzA şarhlovçisi