Ijodiy tanlov g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Bir makon – bir yo‘l”ni qurish, insoniyatning yagona taqdiri hamjamiyatini barpo etish: O‘zbekistondan nazar” mavzuida o‘tkazilgan publitsistik-tahliliy maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlovga qirqqa yaqin tahliliy maqolalar taqdim etilgan bo‘lib, ularning aksariyati ommaviy axborot vositalarida chop etildi. Tadbirda tanlov uchun taqdim etilgan videoroliklar namoyish qilindi.
G‘oliblar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi, “Farg‘ona haqiqati” – “Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan taqdirlandi.
[gallery-15807]
N.Usmonova, N.Haydarov (surat), O‘zA