“Idrok” - iqtidor va salohiyat sinovi
Andijon viloyati yuridik texnikumida “Idrok” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishga imkoniyat yaratish, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan o‘yinda texnikumning birinchi va ikkinchi bosqichida tahsil oluvchi yigit-qizlar guruhlarga bo‘lingan holda bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
[gallery-14628]
Yakuni natijalarga ko‘ra, g‘oliblik hamda respublika bosqichiga yo‘llanmani “Justise diamond” jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga esa “Diplomatiya” hamda “Justice” jamoalari loyiq deb topildi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA