Ibratli oilalarga ehtirom ko‘rsatildi
15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtimizda yashovchi uzoq yillik ahil va ibratli oilalarni tabriklash maqsadida samimiy uchrashuvlar tashkil etildi.
Xususan, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Sultonova, Chilonzor tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.To‘laganova hamda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi T.Karimov mahalla faxri bo‘lgan xonadonlarda bo‘lib, oila sohiblarini bayram bilan qutladi.

Namunali bo‘lgan oilalar, jumladan, “Mevazor” MFYda 42 yildan buyon birga istiqomat qilayotgan G‘ulomjon Hakimov va Dilfuza Hakimovaning namunali hayot yo‘li e’tirof etildi.

Shuningdek, “3-Charx Kamolon” MFYda yashovchi 39 yil davomida mustahkam oila qo‘rg‘onini asrab kelayotgan Bahodir Sultonov va Nafisa Sultonova tuman faollari tomonidan tabriklandi.
Bu kabi uchrashuvlar yosh oilalar uchun hayotiy maktab vazifasini o‘taydi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA