Ibragimov Orifjon Alimaxamatovichning geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«O‘zbekistonda muqobil energiya resurslaridan foydalanishning kartografik metodlari» mavzusida
Ibragimov Orifjon Alimaxamatovichning 11.00.06. – Geodeziya. Kartografiya ixtisosligi (geografiya fanlari) bo‘yicha «O‘zbekistonda muqobil energiya resurslaridan foydalanishning kartografik metodlari» mavzusidagi geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil 28 sentyabr kuni soat 1400 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4 uy, O‘zbekiston Milliy universiteti, Geografiya va tabiiy resurlar fakulteti majlislar zali.
***
Eslatma: O‘zA rasmiy saytida e’lon qilinadigan dissertatsiyalar himoyasi to‘g‘risidagi e’lonlardan tushadigan mablag‘lar Agentlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushiriladi. Ayni paytda har bitta e’lon uchun belgilangan to‘lov — 210 000 so‘m (QQS bilan).