Ibn Sino nomidagi orden taʼsis etilişi tibbiyot xodimlari uçun maʼnaviy rağbat böladi
Prezidentimiz Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yöllab, unda “Yangi Özbekistonga – yangi va zamonaviy tibbiyot” degan ezgu ğoya asosida amalga oşirilayotgan islohotlar natijalari hamda soha vakillarining fidoyi mehnatlari alohida eʼtirof etildi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Tohir Polvonov öz mulohaza va munosabatini bildirdi:
— Davlatimiz rahbarining Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga yöllagan samimiy tabrigida inson salomatligini asraşdek eng olijanob va masʼuliyatli vazifani zimmasiga olgan ming-minglab fidoyi insonlarga bölgan yuksak hurmat va eʼtibor, ularning maşaqqatli mehnatiga bildirilgan çuqur ehtirom mujassam.

Ayniqsa, inson hayoti va salomatligi har qanday boylikdan ustun ekanini anglagan holda, öz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan mutaxassislarga davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan bunday eʼtibor har bir soha vakili uçun katta quvonç, maʼnaviy madad va yangi masʼuliyat bağişlaydi. Ayni şu nuqtai nazardan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatini munosib qadrlaş, ularning kasbiy bayrami maqomi va mazmunini yanada yuksaltiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Tabrikda soğliqni saqlaş sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar va erişilayotgan natijalarga alohida eʼtibor qaratilgani ham bejiz emas. Sönggi yillarda mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş, tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlaştiriş, birlamçi tibbiy-sanitariya yordami imkoniyatlarini kengaytiriş, ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlarni rivojlantiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, zamonaviy diagnostika va davolaş texnologiyalari joriy etilmoqda, tibbiy xizmat körsatiş jarayonlari bosqiçma-bosqiç raqamlaştirilmoqda.
Bunday islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroga yaşaş joyidan qatʼi nazar, sifatli va malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatini yaratişdir. Bu esa nafaqat zamonaviy infratuzilma va ilğor texnologiyalarni, balki bilimli, tajribali, öz kasbiga sadoqatli mutaxassislarni ham talab etadi. Şu bois, tibbiyot taʼlimini takomillaştiriş, yoş kadrlarni tayyorlaş, şifokorlarning malakasini oşiriş, ilmiy izlanişlarni qöllab-quvvatlaş va sohaga zamonaviy bilimlarni keng joriy etiş muhim vazifalardan hisoblanadi.
Prezidentimiz tabrigida tibbiyot sohasida yuksak natijalarga erişgan, öz kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilib kelayotgan mutaxassislarni rağbatlantiriş masalasiga ham alohida urğu berilgani eʼtiborga molik. Xususan, buyuk alloma, tibbiyot ilmining asosçilaridan biri Abu Ali ibn Sino nomidagi ordenni taʼsis etiş taklifining ilgari surilişi soha vakillari uçun katta maʼnaviy rağbat böladi.
Abu Ali ibn Sino nomi nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat tarixida tibbiyot ilmi, ilm-fan va maʼrifat ramzi sifatida alohida örin tutadi. Uşbu uluğ alloma nomi bilan ataladigan ordenni taʼsis etiş taklifi tibbiyot va farmatsevtika sohasida alohida xizmat körsatgan, inson salomatligi yölida köp yillik samarali mehnat qilgan mutaxassislarni munosib eʼtirof etişga qaratilgan muhim taşabbusdir.
Bunday yuksak eʼtirof, ayniqsa, çekka hududlar, olis qişloqlarda, oğir va murakkab şaroitlarda faoliyat yuritayotgan şifokorlar, hamşiralar va boşqa tibbiyot xodimlari uçun ham katta maʼnaviy kuç bağişlaydi. Çunki ularning mehnati köp hollarda közga taşlanmasligi mumkin, ammo uning natijasi inson hayoti, oila baxti va jamiyat salomatligida namoyon böladi.
Farmatsevtika sohasini rivojlantiriş ham bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Aholini sifatli, xavfsiz va samarali dori vositalari bilan taʼminlaş, mahalliy farmatsevtika sanoatini qöllab-quvvatlaş, zamonaviy işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş, sohada ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş aholi salomatligini muhofaza qilişda muhim ahamiyatga ega. Şu maʼnoda farmatsevtika xodimlarining mehnati tibbiyot sohasi vakillari bilan bir qatorda eʼtirof etilayotgani ayni muddao.
Bunday eʼtibor va rağbat soha xodimlarini yanada masʼuliyat bilan mehnat qiliş, öz bilim va tajribasini oşiriş, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatişga undaydi. Şu bilan birga, bu eʼtirof zimmamizga soha oldida turgan vazifalarni yanada samarali hal etiş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş va inson salomatligini muhofaza qiliş borasidagi işlarimizni izçil davom ettiriş masʼuliyatini ham yuklaydi.
Muhtarama Komilova yozib oldi.
ÖzA