“Ibn Sino izdoshlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Har qanday sohada raqobat muhim ahamiyatga ega. Shundagina o‘sishga erishiladi. Ayniqsa, ta’lim va tibbiyot har qachongidan-da rivojlanib borayotgan bugungi zamonda. Shunday ekan, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash eng dolzarb masaladir.
Shu maqsadda, Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida tibbiyot texnikumlari o‘rtasida “Ibn Sino izdoshlari” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etib, tibbiyot sohasidagi salohiyatlarini ko‘rsatdi.
Tanlov bahs-munozaralarga boy va qiziqarli tus oldi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi.

Yakunda 1-o‘rin 2-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga, 2-o‘rin Zomin Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga hamda 3-o‘rin Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar samimiy qutlandi va munosib rag‘batlantirildi.
Sherbek Islomov,
O‘zA