"Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni": hududlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
FVV tomonidan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida hududlarda profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Boshqa tegishli tashkilotlar mas’ullari, harbiy xizmatchilar ishtirok etgan tadbirda mas’ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, axborot xavfsizligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, diniy ekstremizm va radikal g‘oyalarning salbiy oqibatlari xususida ma’lumotlar yetkazildi. Jumladan, onlayn qimor o‘yinlarining jamiyat va shaxs hayotiga zararli ta’siri haqida batafsil tushunchalar berildi.


Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil javoblar berildi hamda huquqiy madaniyatni oshirish, xizmat va kundalik hayotda qonuniylikka qat’iy rioya etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA