Hunarmandlar bolajonlar huzurida
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 26-maktabgacha ta’lim muassasasida “Men ham hunarmand bo‘laman” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 26-maktabgacha ta’lim muassasasida “Men ham hunarmand bo‘laman” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Bolalarda mehnatsevarlik, yaratuvchanlik tuyg‘usini shakllantirish, ularni hunarmandchilik namunalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadiga qaratilgan tadbir “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.
Psixologlar fikricha, hunar – bolaning fikrini shakllantirishda, dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Biror hunar bilan shug‘ullanishni boshlagan bola oldiga aniq maqsadlar qo‘yishni boshlaydi, ongidagi chegaralarni olib tashlashni o‘rganadi, mehnatga ishtiyoqi ortadi. Har ishda shoshma-shosharlik qilmaslik, mas’uliyatni his etishni o‘rganadi.
Tadbirda bolajonlar hunarmandlarning qo‘l mehnati jarayonini tomosha qildi. Tashkilotchilar tuhfasi – milliy qo‘g‘irchoqlar, ayniqsa, ularni xushnud qildi.