Hukumatlararo Bitimning kuchga kirishi to‘g‘risida
2019 yil 15 aprelda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan Qozog‘iston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – mehnatkash-migrantlar va O‘zbekiston Respublikasidagi Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari – mehnatkash-migrantlar mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim 2021 yil 4 apreldan kuchga kirdi.
Hujjatda mehnatkash-migrantlarning mehnat faoliyatini, ular mehnatiga haq to‘lashni tartibga solish, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida noqonuniy mehnat faoliyatining oldini olish nazarda tutilgan.
Bitimda mehnatkash-migrantlarning quyidagi huquqlari belgilangan:
– qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga va mehnat shartnomasiga muvofiq dam olish;
– qabul qiluvchi davlat qonunchiligi bilan belgilangan ro‘yxatga muvofiq, atrofdagilarga xavf soluvchi o‘tkir kasalliklar bo‘yicha kafolatlangan hajmda bepul tibbiy yordam olish;
– qabul qiluvchi davlat vakolatli organlaridan qabul qiluvchi davlat hududida bo‘lish va unda mehnat faoliyatini amalga oshirish shartlari va tartibi, shuningdek, uning qonunchiligidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga taalluqli axborot olish.
Bitimda, shuningdek, mehnatkash-migrantlar tomonidan qabul qiluvchi davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida ta’lim to‘g‘risida hujjatlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan ta’lim to‘g‘risida hujjatlarni tan olish protseduralarini o‘tkazmasdan tan olinadi.
Bunda pedagogik, tibbiy yoki farmatsevtika sohasida ta’lim olgan mehnatkash-migrantlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish protsedurasidan o‘tadilar va ularga qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan tartibga muvofiq, tegishli pedagogik, tibbiy va farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz. saytida tanishish mumkin.
Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati