Hukumat sun’iy intellektni nazoratda saqlay oladimi? (+video)
O‘zbekistonda sun’iy intellekt tizimlarini davlat tomonidan huquqiy tartibga solish va jilovlash mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
Maqsad – texnologiyalar rivojini cheklash emas, balki ularni milliy xavfsizlik va inson huquqlariga zarar yetkazmaydigan tarzda nazorat qilishdir.
Shu o‘rinda turli savollar yuzaga keladi:
Sun’iy intellekt tizimlari kengaygan sharoitda fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligi qanday kafolatlanadi?
Sun’iy intellekt inson mehnatini siqib chiqarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ishsizlik xavfi qanday jilovlanadi?
Sun’iy intellekt orqali yaratiladigan feyk (deepfake) ma’lumotlar va kiberhujumlarga qarshi qanday texnik to‘siqlar qo‘yiladi?
Mazkur masalalarning qonuniy yechimi O‘zbekistonning raqamli kelajagi xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/pUOB5Di9uLI" title="Hukumat sun’iy intellektni nazoratda saqlay oladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov (video), O‘zA