“Hukumat soati”: suv xöjaligi vaziri deputatlarning savollariga javob berdi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati”da “Özbekiston Respublikasi suv xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030-yillarga möljallangan konsepsiyasi” ijrosi hamda suv resurslarini boşqariş va irrigatsiya sektorini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida”gi masala muhokama qilindi. Unda deputatlarning savollariga suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev javob berdi.
Vazir taʼkidlaganidek, mamlakatimizda suv resurslarini samarali boşqariş, suv tejovçi va raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş, irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qiliş borasidagi işlar natijasida jami 10 milliard 691 million kub metr suv tejalişiga erişilgan.
Xususan, suv tejovçi texnologiyalarni qöllaş va yerlarni lazerli tekislaş hisobiga 5 milliard kub metr, irrigatsiya tarmoqlarini taʼmirlaş, tiklaş va betonlaştiriş orqali 3 milliard 141 million kub metr, raqamli texnologiyalarni joriy etiş natijasida 671 million kub metr suv tejalgan. Kam suv talab qiladigan ekinlar uluşini oşiriş va agrotexnika tadbirlari hisobiga esa 2 milliard kub metr suv iqtisod qilingan.
Suvning hisobi va hisobotini elektron şaklda yuritiş maqsadida “Suv hisobi” axborot tizimi töliq işga tuşirildi. Uşbu tizim Kadastr agentligi, Qişloq xöjaligi vazirligining “Crop Agro” axborot tizimi, “Suvxöjaliknazorat” inspeksiyasi hamda “Özbekkosmos” agentligining tegişli axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, maʼlumot almaşinuvi yölga qöyildi. 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida uşbu axborot tizimi orqali manbalardan isteʼmolçilarga yetkazib berilgan jami 35 milliard kub metr suv rasmiylaştirildi.
Şuningdek, 100 mingta qişloq xöjaligi korxonasi bilan suvdan foydalanganlik böyiça 817 mingta dalolatnoma elektron şaklda rasmiylaştirildi. Yetkazib berilgan suv hajmi töğrisidagi maʼlumotlar esa real vaqt rejimida soliq organlariga taqdim etib borilmoqda.
— Mamlakatimizda qişloq xöjaligi ekinlarini suğoriş uçun jami 173 ming km uzunlikdagi irrigatsiya tarmoqlari xizmat körsatadi. Ularning 29 ming kilometri magistral va xöjaliklararo kanallar, 48 ming kilometri “Suv yetkazib beriş xizmati” DMlar hisobidagi kanallar, 96 ming km klasteri esa fermer xöjaliklari hisobidagi kanallarni taşkil etadi. 2017-yilda 9,7 ming km beton qoplamali kanallarimiz bölgan bölsa, 2025-yilga kelib uşbu körsatkiç 11 600 km ga yetdi. 2026-yilda Davlat byudjeti mablağlari hisobidan 1 ming kilometr uzunlikdagi kanallar betonlaştirilib, beton qoplamali kanallarning umumiy uzunligi 12,7 ming kilometrga yetkazildi. Şuningdek, 26,5 kilometr lotok va 33,1 kilometr yopiq suğoriş quvurlari rekonstruksiya qilindi. Klaster va fermer xöjaliklarining öz mablağlari hisobidan esa 21,1 ming kilometr içki suğoriş tarmoqlari betonlaştirildi, — dedi vazir.

“Hukumat soati”da suv xöjaligida davlat-xususiy şeriklik va autsorsingni joriy etiş, suv resurslarini integratsiyalaşgan holda boşqariş tamoyillarini joriy qiliş böyiça körilayotgan çoralar töğrisida ham töxtalib ötildi. Vazir qayd etganidek, sohada davlat-xususiy şeriklik asosida jami 1 ming 976 ta loyiha amalga oşirilgan. Uşbu loyihalar doirasida 494 ta nasos stansiyasi, 3 041 kilometr irrigatsiya-melioratsiya tarmoği hamda 2 ming 217 ta tik quduq xususiy şeriklar boşqaruviga berilgan.
Şuningdek, xususiy şeriklar tomonidan 229 ta nasos va 186 ta elektrodvigatel yangilanib, 272 ta energiya tejamkor qurilma örnatildi. Qolaversa, joriy yilning özida davlat-xususiy şeriklik asosida 33 ta loyiha amalga oşirildi.
“Hukumat soati”da xalq vakillari tomonidan bir qator savollar örtaga taşlandi, soha istiqboliga qaratilgan takliflar berildi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA