"Hokim va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi
Poytaxtimizda Olmazor tuman hokimi Azizxon Umarxonov tuman yoshlari bilan uchrashdi.
Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 550 nafarga yaqin yosh ishtirok etdi.

Samimiy muloqot davomida tuman hokimi yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, kelajakda ko‘proq yutuq va muvaffaqiyatlarga erishish yo‘llari xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida tarbiyasi va odobi bilan, horijiy tillarni mukammal o‘rganib tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 15 nafar yoshga Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu bilan birga, tumandagi iste’dodli yoshlarga sertifikatlar taqdim etildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA