Hokim aholi murojaatini joyida hal etmoqda
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Pastdargʻomda sayyor qabul oʻtkazmoqda.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Pastdargʻomda sayyor qabul oʻtkazmoqda.
Tuman markazida tashkil etilgan qabulda viloyatdagi sektor rahbarlari, boshqarma va idoralar masʼullari qatnashmoqda.
– Uyimni taʼmirlashga imkoniyatim yoʻq edi, – deydi Zuhra Otamurodova. – Shu masalada viloyat hokimidan yordam soʻradim. Murojaatim ijobiy hal boʻldi.
Kunning birinchi yarmida aholining 600 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.