Hisob palatasi Jahon bankining maqbul auditorlar röyxatiga kirişi mumkin
Özbekiston Respublikasi Hisob palatasida Jahon bankining davlat moliyaviy boşqaruvi böyiça mutaxassisi Arman Vatyan boşçiligidagi missiya vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Hisob palatasi faoliyatini takomillaştiriş, xalqaro audit standartlarini joriy etiş va Jahon banki bilan hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, sönggi yillarda Hisob palatasi faoliyati moliyaviy tekşiruvlardan xalqaro standartlar asosidagi auditga yönaltirilib, davlat moliyasi böyiça professional xulosa beruvçi audit organi sifatida rivojlantirilmoqda. Xususan, palataga xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan amalga oşirilayotgan loyihalarning moliyaviy auditini ötkaziş vakolati berildi. Şuningdek, ISSAI talablariga muvofiq moliyaviy audit qöllanmasi işlab çiqildi.
Endilikda asosiy eʼtibor byudjet mablağlaridan samarali foydalaniş, samarasiz xarajatlarning oldini oliş hamda ajratilgan har bir sömning natijadorligini baholaş imkonini beruvçi samaradorlik auditini rivojlantirişga qaratilmoqda.
Bu borada kadrlar salohiyatini oşirişga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Hisob palatasi oçiq tanlov asosida xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan va xalqaro kasbiy sertifikatlarga ega mutaxassislar bilan töldirilmoqda. Auditorlar esa ACCA va PESA dasturlari asosida malakasini oşirmoqda.
Şu bilan birga, audit sifatini oraliq nazorat qiliş hamda davlat taşkilotlarining 300 ga yaqin maʼlumotlar bazasini birlaştirgan holda byudjet xavflarini real vaqt rejimida kuzatiş tizimi joriy etilgan.
Uçraşuvda Hisob palatasi tomonidan ilk bor Jahon banki moliyalaştirgan «EduImkon» dasturining moliyaviy auditi ötkazilgani ham qayd etildi. Mazkur audit palataning xalqaro auditorlik taşkiloti bilan hamkorlikda amalga oşirgan birinçi qöşma auditi böldi. Jahon banki vakillari audit natijalarini yuqori baholab, ularni qabul qilganini tasdiqladi.
Muzokaralardagi muhim yönalişlardan biri Hisob palatasini Jahon banki moliyalaştiradigan loyihalar auditini ötkaziş huquqiga ega bölgan maqbul auditorlar röyxatiga kiritiş masalasi böldi.
Buning uçun dastlab palata öz auditorlarining malakasi, audit sifatini nazorat qiliş tartibi va yakunlangan moliyaviy auditlar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. Jahon banki mutaxassislari esa taqdim etilgan maʼlumotlar asosida törtta auditni tanlab, ularning rejalaştirilişi, dalillar töplanişi va yakuniy xulosalar çiqarilişi jarayonlarini örganadi.
Hamkorlikning yana bir muhim yönalişi samaradorlik auditini joriy etiş hisoblanadi. Bunda, masalan, suv taʼminotiga ajratilgan mablağlar aholini muntazam içimlik suvi bilan taʼminlaşga qançalik xizmat qilayotgani kabi masalalar tahlil qilinadi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA