Hindistonda samolyot g‘oyib bo‘ldi
3 iyun dunyo voqealari qisqa satrlarda.
3 iyun dunyo voqealari qisqa satrlarda.
HINDISTON. Bortida 13 kishi bo‘lgan samolyot yerdan ko‘tarilgandan 30 daqiqa o‘tgach g‘oyib bo‘ldi. Qidiruv ishlari olib borilmoqda.
ROSSIYa. Krasnoyarsk viloyatidagi neft saqlanadigan omborda yong‘in yuz berdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
GERMANIYa. Frankfurt aeroportida noqulay iqlim sharoiti tufayli 140 ta aviareys bekor qilindi.
POKISTON. Belujiston viloyatida yo‘lovchi avtobusining yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida yuz bergan halokatda 14 kishi halok bo‘ldi.
SUDAN. Hukumat boshqaruviga qarshi norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 35 taga yetdi.
BUYuK BRITANIYa. Tramp ikki kunlik tashrif bilan mamlakatga keldi.