Hindistonda koronavirusga chalinish ortib bormoqda
Hindiston hukumati mamlakatdagi favqulodda holat doirasida koronavirusga qarshi kurash uchun harbiylarga qo‘shimcha mablag‘ ajratishga qaror qildi.
“REGNUM”ning “CNN” ma’lumoti bilan asoslagan xabariga ko‘ra, mudofaa vaziri Rajnatx Sinx tvitter orqali “Mazkur moliyalashtiruv armiyaga mavjud sharoitga mos tarzda barcha ishlarni bajarish, muvofiqlashtirishga imkon beradi”, deb yozgan.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonda qatorasiga to‘qqiz kundan buyon virusga chalinganlar miqdori 300 ming nafardan ortiqni tashkil qilmoqda, bu boradagi umumiy miqdor 18 million 762 ming 976 kishidan oshgan.