Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” muloqotining to‘qqizinchi vazirlar konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar bilan uchrashdi.
Muzokara chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy transport-logistika va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va aloqalarni kelgusida yanada rivojlantirish istiqbolini muhokama qildilar.
Tashqi ishlar vazirlari BMT, SHHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalar, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.
Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati