Hilola Sobirova hamda Darya Latisheva Osiyo o‘yinlari kumush medaliga sazovor bo‘ldi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida XX yozgi Osiyo o‘yinlarining uchinchi kuniga kelib O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 6 taga yetdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Osiyo o‘yinlari dasturiga ilk bor kiritilgan MMA bahslarining ayollar o‘rtasidagi -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda bahs olib borgan Hilola Sobirova finalda Singapur vakili Xui Xun Teo bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda Hilola Sobirova kutilmaganda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ko‘rgazmali chiqish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Darya Latisheva 19,413 ball jamg‘arib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Darvoqe, Darya uchun bu o‘z faoliyati davomida Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi medali hisoblanadi.
Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasidagi medallar soni 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA